Asosiy qismga o'tish

O'rnatish

Fleshka qo'lingizda bo'lsa, bu sahifa yetarli.

Tizim talablari

Operatsion tizim
Windows 10 yoki 11
Microsoft Word
2016, 2019, 2021 yoki 365 (32-bit)
Bo'sh joy
≈ 60 MB (tarjima moduli bilan 1,6 GB)
Internet
Talab qilinmaydi
Administrator huquqi
Talab qilinmaydi
  1. 1. Word'ni yoping

    O'rnatish paytida Word yopiq bo'lishi kerak, aks holda fayllar band bo'ladi.

  2. 2. ORNATISH.cmd ni ikki marta bosing

    Fleshkani ulang, ochilgan oynada ORNATISH.cmd faylini toping va ikki marta bosing. O'rnatish bir necha daqiqa oladi.

  3. 3. UzActivate.exe ni oching

    Aktivator kompyuteringiz kodini aniqlaydi va litsenziyani shu mashinaga bog'laydi. «Aktivatsiya» tugmasini bosing va yashil xabarni kuting.

  4. 4. Word'ni oching

    Lentada «ImloDetektor» yorlig'i paydo bo'ladi. Matn yozganingizda xatolar o'z-o'zidan chiziladi.

Diqqat: Aktivatsiyadan keyin fleshkani saqlab qo'ying: uni yo'qotsangiz ham mahsulot ishlayveradi, lekin qayta o'rnatishda u asqotadi.

Fleshka hali yo'qmi?

Mahsulot USB fleshkada yetkaziladi. Buyurtma berish uchun bog'laning.