O'zbekcha matnni Word'ning o'zida tekshiring
ImloDetektor — Microsoft Word uchun o'zbek tili imlo va sintaksis tekshiruvchisi. Lug'at ham, morfologiya ham, qoidalar ham sizning kompyuteringizda: matningiz hech qayerga yuborilmaydi.
- 86 879 so'zlik lug'at va to'liq morfologiya
- 91 ta imlo va sintaksis qoidasi
- Kirill ↔ lotin va yangi alifboga o'girish
- Bir martalik to'lov, abonent yo'q
Xammaga salom, kop malumot bor. Men hafa boldim.
Kimlar uchun
- Davlat idoralari va kotibiyat
- Nashriyot va tahririyatlar
- Yuristlar va shartnoma tuzuvchilar
- Universitet va maktab
- Tarjimonlar
Hoziroq sinab ko'ring
Matn yozing yoki namunalardan birini tanlang. Hamma amalni mahsulotning aynan o'sha dvigateli bajaradi.
0 / 50 so'z
Demoda yo'q: shaxsiy lug'at va tarjima — ular Word ichida ishlaydi
Matningiz saqlanmaydi. Mahsulotning o'zi internetsiz, Word ichida ishlaydi.
Nima qila oladi
Word'ning o'z tekshiruvchisi o'zbek tilini bilmaydi. ImloDetektor aynan shu bo'shliqni yopadi.
Imlo tekshiruvi
Noto'g'ri yozilgan so'z tagiga chiziladi, o'ng tugma esa tartiblangan tavsiyalarni beradi. Tavsiya birinchi o'rinda chiqishi 95,3% da o'lchangan.
91 ta qoida
Tutuq belgisi, h/x farqi, qo'shma so'zlar, bosh harf — har biri o'z kodi bilan (UZ-S-001) va nima uchun ekanini tushuntirib beradi.
Morfologik tahlil
So'z lug'atda bo'lmasa ham, o'zak va qo'shimchalar bo'yicha tahlil qilinadi: kitoblarimizdangina — bitta yozuv emas, beshta morfema.
Kirill ↔ lotin
Butun hujjatni yoki belgilangan qismni bir bosishda o'giradi. Kirill→lotin aniqligi 68 960 juftlikda 99,8% da o'lchangan.
Yangi alifbo (2026)
oʻ→ö, gʻ→ğ, sh→ş, ch→ç. Havolalar, pochta manzillari va chet el nomlari o'girilmaydi — ular ataylab chetlab o'tiladi.
Shaxsiy lug'at
Tashkilot nomi, atama, familiya — «Lug'atga qo'shish» bosiladi va u boshqa hech qachon belgilanmaydi.
To'liq oflayn
Internet ulanishi umuman talab qilinmaydi. Hujjatingiz kompyuterdan chiqmaydi — bu maxfiy hujjatlar bilan ishlaydiganlar uchun shart.
Tez
Ishga tushish 298 ms, bitta paragrafni tekshirish 0,5 ms. Yozayotganingizda sezilmaydi.
Yangi alifboga tayyor
Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini o'zgartirish qonuni 2026-yilda qabul qilindi. O'tish davri uzoq — ikkala yozuv bir necha yil yonma-yon yashaydi. ImloDetektor ikkalasini ham tushunadi va bir bosishda o'giradi.
Tutuq belgisi (a'lo, ma'no) tegilmaydi, havola va pochta manzillari ham.
O'lchangan ko'rsatkichlar
Raqamlar taxmin emas — 5 000 ta buzilgan va 1 000 ta toza gapda o'lchangan.
- Tavsiya birinchi o'rinda
- 95,3%
- Lug'atdagi so'z
- 86 879
- Ishga tushish vaqti
- 298 ms
- Bitta paragraf tekshiruvi
- 0,5 ms
top-5 da 99,9%
+ morfologiya
O'lchov usuli va to'liq hisobot talab qilinsa taqdim etiladi. Ko'rsatkichlar vikipediya matnidan tuzilgan sinov to'plamida olingan; haqiqiy hujjatlarda natija matn turiga qarab farq qilishi mumkin.
Qanday boshlanadi
Uch qadam, taxminan o'n daqiqa.
- 1
Fleshkani olasiz
Mahsulot USB fleshkada yetkaziladi: o'rnatuvchi, dvigatel, lug'at va aktivator — hammasi ichida. Internet kerak emas.
- 2
ORNATISH.cmd ni bosasiz
Fleshkadagi faylni ikki marta bosasiz. O'rnatish o'z papkangizga bajariladi — administrator huquqi talab qilinmaydi.
- 3
Aktivatsiya qilasiz
Aktivator kompyuteringizni tanib, litsenziyani shu mashinaga bog'laydi. Shundan keyin fleshka kerak emas — Word'ni ochsangiz ishlayveradi.
Hujjatlaringiz o'zbekcha yozilsin
Ko'rsatuv uchun bog'laning — mahsulotni o'zingizning haqiqiy hujjatingizda ishlatib ko'rsatamiz.