Asosiy qismga o'tish

ImloDetektor qanday ishlaydi

Dastur alohida oyna ochmaydi — u Word'ning o'z lentasida yashaydi. Quyida har bir tugma nima qilishi, Word'dan olingan haqiqiy ekran tasvirlari bilan ko'rsatilgan.

Qanday muhitda ishlaydi

ImloDetektor — alohida dastur emas, Microsoft Word'ga qo'shiladigan plagin. O'rnatilgandan keyin lentada «ImloDetektor» yorlig'i paydo bo'ladi va u «Главная» / «Home» dan oldin turadi. Siz hujjatni odatdagidek yozaverasiz; tekshiruv fon rejimida, shu kompyuterning o'zida bajariladi.

Word hujjat tilini o'zi aniqlaydi. Holat qatorida «узбекский (латиница)» yoki «o'zbek» deb tursa, ImloDetektor shu hujjatni o'ziga oladi.

Operatsion tizim
Windows 10 yoki 11
Microsoft Word
2016, 2019, 2021 yoki 365 (32-bit)
Hujjat tili
O'zbek (lotin yoki kirill)
Internet
Talab qilinmaydi
Administrator huquqi
Talab qilinmaydi

Lentadagi yorliq

Bitta guruh — «Imlo va sintaksis» — va to'qqizta boshqaruv. Chapdan o'ngga:

Word lentasidagi ImloDetektor yorlig'i: Yoqilgan, Panelni ko'rsatish, Butun hujjatni tekshir, Imloni tekshirish, Alifboni o'girish, Yangi alifbo, Tarjima, Tutuq belgilari, Hammasini tuzat
«ImloDetektor» yorlig'i «Главная» dan oldin turadi.
  1. 1YoqilganTekshiruvni yoqadi yoki o'chiradi
  2. 2Panelni ko'rsatishYon panelni ochadi yoki yopadi
  3. 3Butun hujjatni tekshirHamma paragrafni bir marta skanerlaydi
  4. 4Imloni tekshirishXatolarni birma-bir ko'rsatadi
  5. 5Alifboni o'girishKirill ↔ lotin
  6. 6Yangi alifbo2026-yilgi ö ğ ş ç ga o'girish
  7. 7TarjimaRuscha ↔ o'zbekcha, oflayn
  8. 8Tutuq belgilari‘ va ’ belgilarini joyiga qo'yadi
  9. 9Hammasini tuzatBarcha tavsiyalarni bir bosishda qo'llaydi

Uch xil ishlash usuli

Bitta dvigatel, uchta yo'l — qaysi biri qulay bo'lsa.

1

Yozayotganda

Xato so'zlar darhol qizil to'lqinli chiziq bilan belgilanadi. So'z ustida o'ng tugmani bossangiz, tavsiyalar chiqadi. Kundalik ish shu tarzda ketadi.

2

Butun hujjatni bir marta

«Butun hujjatni tekshir» hamma paragrafni skanerlaydi va natijani yon panelga yig'adi. Tayyor hujjatni topshirishdan oldin shu qulay: qaysi paragrafda nechta xato borligi bir ko'rinishda turadi.

3

Birma-bir ko'rib chiqish

«Imloni tekshirish» Word'ning F7 oynasiga o'xshaydi: har xato navbat bilan chiqadi, siz o'zgartirasiz, tashlab ketasiz yoki lug'atga qo'shasiz.

Har bir tugma nima qiladi

Skrinshotlar tahrirlanmagan — Word'da aynan shunday ko'rinadi.

Yozgan matningiz qanday ko'rinadi.

Xatolarni belgilash

Tekshiruv yoqilgan bo'lsa, xato so'zlar hujjatda qizil to'lqinli chiziq bilan belgilanadi — xuddi Word'ning o'z imlo tekshiruvidagi kabi. Farqi shundaki, bu chiziqlarni o'zbek tili dvigateli qo'yadi: u so'zni lug'atdan izlaydi, topmasa morfologiya bo'yicha qismlarga ajratadi va shundan keyin qaror qiladi.

  • Lotin ham, kirill ham bir xil tekshiriladi
  • Belgilash matnni o'zgartirmaydi — faqat ko'rsatadi
  • Hujjatni saqlaganingizda chiziqlar faylga yozilmaydi
Word hujjatidagi o'zbekcha xat; xato yozilgan so'zlar qizil to'lqinli chiziq bilan belgilangan
Idora xati: «Xurmatli», «boyicha», «malumot», «qoshimcha» va boshqalar belgilangan.

Eng ko'p ishlatiladigan yo'l.

So'z ustida o'ng tugma

Belgilangan so'z ustida o'ng tugmani bosing — menyuning eng tepasida tavsiyalar turadi. Birini tanlasangiz, so'z shu zahoti almashadi. Word'ning o'z buyruqlari (nusxa olish, shrift, abzats) joyida qoladi.

  • Tavsiyalar so'zning shakliga qarab tartiblanadi
  • «Lug'atga qo'shish» — ismlar, brendlar va atamalar uchun
  • Lug'atga qo'shilgan so'z boshqa hujjatlarda ham tinch qoladi
«boyicha» so'zi ustidagi kontekst menyu: bo'yicha, boricha, boyscha, boycha, boydcha va «Lug'atga qo'shish» qatori
«boyicha» uchun beshta tavsiya va lug'atga qo'shish qatori.

Qaysi tilda ishlayotganingizni aytadigan tugma.

Yoqilgan / O'chirilgan

YOQILGAN holatda o'zbekcha hujjatni shu dastur tekshiradi va Word o'zining imlo tekshiruvini yuritmaydi — aks holda ikkala tekshiruv bir-birining ustiga chiziq qo'yardi. O'CHIRILGAN holatda belgilar olib tashlanadi va Word o'zining «Правописание» funksiyasini qaytaradi: ruscha yoki inglizcha hujjat ustida ishlayotganingizda shunday qiling.

  • Tanlov saqlanadi — Word'ni yopib ochsangiz ham o'sha holatda qoladi
  • Tugmaning yozuvi joriy holatni ko'rsatadi

Word'ning imlo sozlamasi butun dastur uchun umumiy, shuning uchun bu tugma ochiq hamma hujjatga taalluqli — faqat bittasiga emas.

Hujjatdagi hamma diagnostika bitta ro'yxatda.

Panelni ko'rsatish

Panel Word oynasining o'ng tomonida ochiladi va joriy hujjatning barcha topilmalarini jadval qilib beradi: turi, qoida kodi va xabar. Har qatorning boshida paragraf raqami turadi, ya'ni xato hujjatning qayeridaligi ko'rinib turadi.

  • «Turi» — imlo yoki sintaksis
  • «Qoida» — qoida kodi (masalan UZ-S-012), bo'sh bo'lsa lug'atda yo'q so'z
  • Pastdagi qator jami nechta topilma borligini aytadi
Word'ning o'ng tomonidagi ImloDetektor paneli: Turi, Qoida va Xabar ustunlari bilan o'nta diagnostika
«10 ta diagnostika, 9 paragrafda» — panelning pastki qatori.

Uzun hujjatni topshirishdan oldin.

Butun hujjatni tekshir

Har paragraf uchun bir marta tekshiruv yuritiladi va natijalar panelda paydo bo'ladi. Qatorni tanlasangiz, pastda o'sha so'z uchun takliflar ro'yxati to'ladi; taklifni ikki marta bosish yoki «Qo'llash» tugmasi uni hujjatga qo'yadi.

  • Qatorni tanlash hujjatda o'sha joyni ko'rsatadi
  • Takliflardan birini tanlash — bitta bosish
  • Panel ochiq bo'lmasa avval «Panelni ko'rsatish» ni bosing
Panelda tanlangan qator va uning pastida bo'yicha, boricha, boyscha, boycha, boydcha takliflari
Tanlangan qator uchun beshta taklif va «Qo'llash» tugmasi.

Word'ning F7 oynasi kabi, faqat o'zbekcha.

Imloni tekshirish

Xatolar navbat bilan ko'rsatiladi: yuqorida gap, pastda tavsiyalar, o'ngda esa tugmalar. Oynaning eng pastida qoida izohi turadi — ya'ni nima uchun xato ekani aytiladi, shunchaki «noto'g'ri» deb qo'yilmaydi. Ko'rilayotgan so'z hujjatda ham ajratiladi.

  • O'zgartirish — faqat shu joyda
  • Hammasini o'zgartirish — hujjat bo'ylab hamma takrorida
  • Tashlab ketish / Hammasini tashlab ketish — tegmasdan o'tish
  • Lug'atga qo'shish — so'zni shaxsiy lug'atga yozadi
«Imloni tekshirish» oynasi: «Xurmatli» so'zi qizil rangda, tavsiya «Hurmatli», pastda «hurmat» h bilan yoziladi degan izoh
Pastdagi izoh qoidani aytadi: «hurmat» h bilan yoziladi.

Kirill ↔ lotin.

Alifboni o'girish

Belgilangan matn o'giriladi; hech narsa belgilanmagan bo'lsa — butun hujjat. O'girish lug'atga tayanadi, ya'ni harfma-harf almashtirish emas: «ц», «е», «ю» kabi harflar so'zning o'ziga qarab hal qilinadi.

  • Lotinga o'girish — kirill matnni lotin yozuviga
  • Kirillga o'girish — lotin matnni kirill yozuviga
  • Ctrl+Z hammasini qaytaradi
«Alifboni o'girish» menyusi ochilgan: «Lotinga o'girish» va «Kirillga o'girish» qatorlari
Ikkala yo'nalish ham bitta menyuda.

O'lchangan aniqlik: 99,98% — imlo.uz ning 85 425 juftiga qarshi. Qo'shimchali shakllar va nomlar qoidalar bilan o'giriladi, shuning uchun natijani baribir ko'zdan kechiring.

2026-yilgi islohot: o‘ → ö, g‘ → ğ, sh → ş, ch → ç.

Yangi alifbo

Hujjatni yangi alifboga o'giradi yoki eskisiga qaytaradi. Lug'at tanimagan so'zlar — chet el nomlari, brendlar, havolalar — o'zgarishsiz qoladi, ya'ni «Chevrolet» «Çevrolet» bo'lib qolmaydi.

  • Tutuq belgisi o'zgarmaydi: «a’lo» shundayligicha qoladi
  • «ng» alohida harf sanalmaydi, lekin yozuvi o'zgarmaydi
  • Belgilangan matn yoki butun hujjat; Ctrl+Z qaytaradi
«Yangi alifbo» menyusi: «Yangi alifboga (ö ğ ş ç)» va «Eski alifboga (o‘ g‘ sh ch)» qatorlari
Ikki yo'nalish: yangisiga va eskisiga.

O'tish davri 2031-yilgacha davom etadi, shuning uchun ikkala yozuv ham amalda — shu sababli qaytarish tugmasi ham bor.

Ruscha ↔ o'zbekcha, internetsiz.

Tarjima

Mashina tarjimasi ham shu kompyuterda bajariladi: matn hech qayerga yuborilmaydi. Hujjat abzats-abzats tarjima qilinadi va abzats formati saqlanadi.

  • Ruschadan o'zbekchaga — natija lotin yozuvida chiqadi
  • O'zbekchadan ruschaga — kirill abzatslar avval lotinga o'giriladi
  • Ctrl+Z hammasini qaytaradi
«Tarjima» menyusi: «Ruschadan o'zbekchaga» va «O'zbekchadan ruschaga» qatorlari
Ikki yo'nalish, ikkalasi ham oflayn.

Abzats ichidagi qalin va kursiv saqlanmaydi, va bu mashina tarjimasi — natijani o'qib chiqing.

Ikki xil belgini joyiga qo'yadi.

Tutuq belgilari

O'zbek lotin yozuvida bir-biriga o'xshash ikki belgi bor: o‘ va g‘ harflarida ‘ (olti shaklida), tutuq belgisida esa ’ (to'qqiz shaklida). Klaviaturadan ikkalasi ham ko'pincha oddiy ' bo'lib tushadi. Bu tugma butun hujjatdagi belgilarni to'g'ri shaklga keltiradi.

  • Qo'shtirnoqlarga tegilmaydi — faqat so'z ichidagi belgilar
  • Butun hujjat bo'ylab bir bosishda
  • Ctrl+Z qaytaradi

Bir bosishda — lekin taxminni aytib.

Hammasini tuzat

Dvigatel javobni aniq bilgan xatolar avtomatik tuzatiladi. Bir nechta variant bo'lganlari sizga qoldiriladi, chunki ular orasidan tanlash ma'noga bog'liq. Oxirida qisqa hisobot chiqadi: nechtasi tuzatildi, qaysilari taxmin bo'yicha o'zgardi va nechtasi sizni kutmoqda.

  • Taxmin bo'yicha o'zgargan so'zlar alohida ro'yxat bilan ko'rsatiladi
  • Qolgan so'zlar uchun variantlar shu yerda sanab o'tiladi
  • Ctrl+Z qaytaradi — bir necha marta bosish kerak bo'lishi mumkin
«Hammasini tuzat» hisoboti: 7 ta xato tuzatildi, shundan 2 tasi taxmin, 3 ta so'z variantlari bilan qoldirildi
Dastur nimani taxmin qilganini yashirmaydi — tekshirish sizda qoladi.

Matn kompyuterdan chiqmaydi

Bu sahifadagi hamma narsa — tekshiruv, alifbo o'girish, hatto tarjima ham — sizning mashinangizda bajariladi. Dastur tarmoqqa chiqmaydi: na o'rnatishda, na ishlashda.

  • Lug'at, morfologiya va qoidalar kompyuteringizda saqlanadi
  • Hujjat matni hech qanday serverga yuborilmaydi
  • Internet uzilgan bo'lsa ham hamma imkoniyat ishlaydi
  • Maxfiy hujjat, shartnoma va shaxsiy ma'lumot bilan ishlash mumkin

Hujjatlaringiz o'zbekcha yozilsin

Ko'rsatuv uchun bog'laning — mahsulotni o'zingizning haqiqiy hujjatingizda ishlatib ko'rsatamiz.